» » Samarqandga 7 oy davomida 2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi

Samarqandga 7 oy davomida 2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi


Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida Samarqand viloyatiga jami 2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimining Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Nurullayev ma’lum qildi.

Shundan 359 ming nafarini 157 mamlakat fuqarolari tashkil etadi. Sayyohlar oqimi o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshgan bo‘lib, turizm sohasida eksport hajmi 111,1 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Ma’lumki, Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlarga yanada keng qulayliklar yaratish maqsadida 2018-yilning 1-yanvaridan Samarqand aeroportida “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etildi. 2019-yil yanvar-avgust oylari davomida “yashil” yo‘lak orqali 97,4 foiz va “qizil” yo‘lakdan 2,6 foiz yo‘lovchilar harakatlangan.

“Yangi tizim joriy etilgunga qadar Samarqand aeroporti orqali mamlakatga kirib kelgan (1 ta reysda 150—190 kishi) turistlar o‘z bagajlarini qabul qilib, chegara va bojxona nazoratidan o‘tish uchun o‘rtacha 2 soatgacha vaqt sarflagan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu jarayon o‘rtacha 30—45 daqiqani tashkil etmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют