» » Toshkent—Volgograd yo‘nalishidagi poyezd vagonidan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi

Toshkent—Volgograd yo‘nalishidagi poyezd vagonidan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi


Rossiyaning Astraxan viloyatida yo‘lovchi poyezdidan 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Janubiy transport tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 7-sentabr kuni soat 2:30 larda Astraxan viloyatining Oqsaroy stansiyasida Toshkent—Volgograd yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967-yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan. Tekshiruv o‘tkazilganda uning tanasida kuch bilan o‘ldirish alomatlari aniqlanmagan.

Ayni vaqtda voqea joyida tekshiruv o‘tkazilib, guvohlar so‘roq qilingan. Holat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют