» » Toshkent viloyatida ayol erini o‘ldirtirib, so‘ng qidiruvga berdi

Toshkent viloyatida ayol erini o‘ldirtirib, so‘ng qidiruvga berdi


Toshkent viloyatida “bedarak yo‘qolgan” erkakning jasadi o‘z uyidan topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2017-yil 19-sentabrda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, 16-sentabr kuni turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qiladi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida “bedarak yo‘qolgan” erkakning jasadi o‘z uyidan topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhumning uyida yollanib ishlagan, muqaddam sudlangan B.S. uy bekasi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 17-sentabr kuni H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldiradi. So‘ngra ikkisi birgalikda jasadni hovliga ko‘mib yuboradi.

B.S. va Z.A. qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют