» » Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi


2019-yilning 3-iyun kuni Sankt-Peterburg shahri Petrograd tumanida O‘zbekiston fuqarosi 01.04.1977-yilda tug‘ilgan Allanazarov Oybek Bekchanovichning jasadi topilgan. Ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Bosh konsulxonasi ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Vazirlikning Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют