» » Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlandi

Rossiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlandi


O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida oltita ayol is gazidan zaharlangan. Ularning barchasi – xususiy uyda yashaydigan va mahalliy agrofirmada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolaridir. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.

Buni Bosh konsulxonaga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqladi va ma’lum qildiki, ularning barchasi Nurimonov tumani markaziy kasalaxonasiga yotqizilgan. Tashxis: is gazidan zaharlanishning o‘rtacha darajasi.

Sog‘liq uchun hech qanday xavfning yo‘qligi tufayli barcha zaharlangan ayollarga 6-may kuni ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi o‘zbekistonliklar zarur vaziyatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют