» » Sankt-Peterburgdagi qurilish obyektida havozalar qulashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik fuqaro jarohatlandi

Sankt-Peterburgdagi qurilish obyektida havozalar qulashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik fuqaro jarohatlandi


27-may kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Priozero tumanidagi qurilish obyektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 ta odam, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati xabar berdi.

1987-yilda tug‘ilgan G‘anisher Hasanov Toshmamatovich va 1970-yilda Sami Qosimov Hamidovich Leningrad viloyati klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. 1992-yilda Fazliddin Shamamatov Mirzaraimovich ham shu kasalxonaga joylashtirilgan.

1983-yilda tug‘ilgan Mansur Abdurahmonov Mansur Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan. Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

“Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют