» » Leningrad viloyati Do‘stlik uyi va Farg‘ona viloyati Slavyan milliy madaniy markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Leningrad viloyati Do‘stlik uyi va Farg‘ona viloyati Slavyan milliy madaniy markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Leningrad viloyatida bo‘lganida turli sohalarda hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Xususan, Leningrad viloyati do‘stlik uyi vakillari madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga qo‘l qo‘ydi, deb yozadi O‘zA.

Joriy yil 14-sentabr kuni Sankt-Peterburgdagi do‘stlik uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi mas’ul xodimlari, tadbirkorlar, ma’naviyat va madaniyat sohasi, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi konsulligi, ilmiy-madaniyat markazlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘zbekistonlik talaba-yoshlar, shu yerda istiqomat qiladigan o‘zbekistonliklar ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan Leningrad viloyatining Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar qo‘mitasi raisi Lira Burak, Do‘stlik uyi direktori Vladimir Mixaylenko, Farg‘ona viloyati Slavyan milliy madaniy markazi rahbari Galina Akopdjanova va boshqalar O‘zbekistonda ro‘y berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar davrida xalqlararo do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etdi.

Tadbirda Leningrad viloyati Do‘stlik uyi va Farg‘ona viloyati Slavyan milliy madaniy markazi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“Biz o‘zaro milliy ansambllar gastrollarini uyushtirish, ta’lim sohasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, rus tili o‘qituvchilarini Farg‘onaga muddatli ishga taklif etish kabi aniq masalalar belgilangan ‘Yo‘l xaritasi’ni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldik, — deydi G.Akopdjanova. — Unda Leningrad viloyatida Farg‘onaning sayyohlik imkoniyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar mavjud”.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Priozersk shahrida bo‘lib o‘tgan “Rossiya ohanglari” V etnomadaniyat festivalida ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют