» » Aleksey Miller: O‘zbekiston gazini besh yil davomida xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik

Aleksey Miller: O‘zbekiston gazini besh yil davomida xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik


Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi keyingi besh yil davomida O‘zbekiston gazini xarid qiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Miller O‘zAga ma’lum qildi.

Avvalroq “Gazprom” rahbari Aleksey Miller O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish men uchun katta sharaf. Bugun shunday baxtga muyassar bo‘ldim. Suhbatimiz g‘oyat mazmunli bo‘ldi. O‘zbekiston hududidagi yirik loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildik. O‘zbekiston gazini besh yil davomida xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Ushbu masala yuzasidan yaqin orada shartnoma tuzish rejasi ko‘rib chiqildi. Qayd etish joiz, mazkur kelishuv mamlakatlarimiz o‘rtasida gaz sohasidagi uzoq muddatli hamkorligimizning yangi sahifasini ochadi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi aloqalarimizni yanada rivojlantirish niyatidamiz.

Suhbat davomida 2017—2021 yillar davrida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda mamlakatingiz hududida yangi gaz konlarini qidirish va ishga tushirish bo‘yicha ham fikr almashdik.

Ayni paytda kompaniyamiz tomonidan Ustyurtdagi “Jel” konida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik vazifa tayyorlash ishlari davom etmoqda. “Shaxpaxti” koni birgalikda o‘zlashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘nalish bo‘yicha bizga zarur ko‘rsatma va tavsiyalarini aytdi.

Yoqilg‘i-energetika, umuman, gaz sohasi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini ham muhokama qildik.

Aleksey Miller, “Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют