» » Zarafshonda o‘quvchilar maktab polida o‘tirgani aks etgan surat tarqaldi. Mutasaddilar holat dars vaqtida olinganini rad etdi

Zarafshonda o‘quvchilar maktab polida o‘tirgani aks etgan surat tarqaldi. Mutasaddilar holat dars vaqtida olinganini rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshondagi 2-maktabning boshlang‘ich sinflaridan birida olingan surat tarqaldi. Unda maktab formasidagi bolalar kitob va daftarlarini ochib, polda o‘tirganini ko‘rish mumkin. “Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilar 3-sentabrdan to hozirgi kungacha shu holatda dars qilmoqda”, — deb xabar bermoqda Repost nashri Telegram’dagi @navoi_navoiy kanaliga asoslanib.

Ayni vaqtda Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat 3-sentabr kuni olinganini ma’lum qildi. “4-sentabr kuni sinfxona to‘liq partalar bilan jihozlangan”, — deyiladi xabarda. Navoiy viloyati hokimligi ham “Daryo”ga suratdagi holat 3-sentabr kuni — 2-maktabga 4-sinf o‘quvchilari kitoblarni olishga kelgan va kitoblarni sumkalarni joylashtirayotgan vaqtda olinganini, o‘quv yili boshlangan 4-sentabrda xonalar to‘liq partalar bilan ta’minlanganini bildirdi.

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Ulug‘berdiyevning “Daryo”ga taqdim etilgan axborotida ham ushbu ta’kid takrorlangan:

“Ijtimoiy kanalda chop etilgan fotolavha 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 4-sinf o‘quvchilari bo‘lib, holat 3-sentabr kuni o‘quvchilar kitoblarini olishga kelgan va kitoblarini sumkalariga joylashtirish jarayoni bo‘lgan.

...Mazkur maktabning yangi qurilgan qo‘shimcha binosi 3-sentabrning ikkinchi yarmida vaqtinchalik (yangi o‘quv jihozlari yetkazib berilguniga qadar) Zarafshon shahrida joylashgan, bugungi kunda faoliyati to‘xtatilgan kasb-hunar kollejlardan yetarlicha parta, stol va doskalar bilan ta’minlandi. Maktabda o‘quv jarayonlari 4-sentabr kuni to‘liq jihozlangan holda boshlandi.

Yuqoridagilarga asosan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktabi yangi qurilgan qo‘shimcha o‘quv binosiga jihozlar yetishmasligi yuzasidan yuborilgan murojaatni asossiz deb hisoblaydi”.

O‘z navbatida @navoi_navoiy kanali mualliflari esa voqea 3-sentabr, dam olish kunida emas, balki o‘qish boshlangan kunlarda yuz berganini ta’kidlamoqda.

Birinchidan, bu suratni yuborgan odam o‘quvchilar bir necha kun shunday o‘qiganini aytgan. Ikkinchidan, bolalar kitob olgani borgan bo‘lsa, nega ularning oldida daftar va ruchka ham bor? Oldilarida kitob ko‘rmadim, faqat kundalikni ko‘rdim. Uchinchidan, nega ular dam olish kuni formada? Maktabdan kitob olish uchun formada boriladimi? To‘rtinchidan, farzandingizni biror marta dam olish kuni formada maktabga yuborib, kitob oldirtirganmisiz?

Boshqa faktlarni alohida rasm qilib kanalga tashlayman. To‘g‘ri, o‘zimni 100 foiz haq deya olmayman, lekin yuqorida keltirganlarim asosli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют