» » Energetika vaziri Alisher Sultonov Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning yuziga Mingbuloq neftini surdi (video)

Energetika vaziri Alisher Sultonov Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning yuziga Mingbuloq neftini surdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi Mingbuloq konidan ilk neft olinishi bayram qilinayotgani aks etgan video tarqaldi.

Unda energetika vaziri Alisher Sultonov bir guruh mutaxassislar bilan birga yuzlariga neft surtib, xursandchilik qilayotgani tasvirlangan. Xususan, lavhada vazir Sultonov “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodir Siddiqov va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning yuziga neft surtayotgani, bunga javoban hokim vazirning yuziga neft chaplaganini ko‘rish mumkin.

Repost’ning qayd etishicha, yuzga neft surtish dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi neft sanoati xodimlari orasida tarqalgan an’analardan biridir. Bu an’ana neftchilik faoliyati bilan shug‘ullanish boshlaganda va yangi neft konlari topilganda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi Namangandagi Mingbuloq konidan birinchi neft qazib olinganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют