» » O‘zbekiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston dunyo neft bozorlaridagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Qozog‘iston dunyo neft bozorlaridagi vaziyatni muhokama qildi


O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak, Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid al-Falih va Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev Toshkentdagi MDH Elektr energiyasi kengashining 51-majlisi doirasida muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Tomonlar neft bozoridagi vaziyatni muhokama qildi. Xususan, ular OPEKka a’zo bo‘lgan va unga kirmagan davlatlar, xususan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Saudiya Arabistoni tomonidan imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya oqimida talab va taklif tengligini qayta tiklash haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston, Rossiya, Saudiya ARabistoni va Qozog‘iston vakillari neft tijorat zaxiralari kamayishidan qoniqish bildirdi va ushbu yo‘nalishda hamkorlikdagi harakatlarni davom ettirishga tayyorligini izhor etdi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют