» » Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvini uzaytirishga tayyorligi bildirildi

Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvini uzaytirishga tayyorligi bildirildi


Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK va alyansga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarning neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvini yana 9 oy — 2018-yil marti oxirigacha uzaytirishga tayyor. Bu haqda ikki mamlakat energetika vazirlari Aleksandr Novak va Xolid al-Falixning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Vazirlar bozorni barqarorlashtirish bo‘yicha urinishlarning asosiy maqsadi — neftning dunyodagi zaxiralari hajmini 5 yil davomidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga keltirish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarning barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha qat’iyatini tasdiqlash uchun kelishuvni 2018-yil 31-martgacha uzaytirish zarurligi haqidagi xulosaga keldi”, — deyiladi bayonotda. 

Novak va Falix neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi kelishuv xom ashyoning dunyo zaxiralari qisqarib borishi va neftga bo‘lgan talab oshishiga olib kelganini ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, OPEK 25-may kuni Venada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni uzaytirish masalasini ko‘rib chiqadi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют