» » Prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi

Prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi


6-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar tarqalgan edi. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, Qo‘qon shahridagi 8-sonli umumiy ta’lim maktabi 1928-yilda qurilgan bo‘lib, maktab 608 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan va hozirda 912 nafar, shundan 523 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tahsil olib kelmoqda.

O‘rganish davomida maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan 8-sonli umumiy ta’lim maktabi direktori va boshqa mansabdor shaxslari hamda o‘qituvchilardan yuqoridagi holat yuzasidan tushuntirishlar olindi.

Holat yuzasidan tushuntirish bergan maktab direktori F.Jabborova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini, joriy yilning 6 may kuni tushlik vaqtida darslari tugab uyga qaytayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zlarini ehtiyot qilib yurishlarini aytib, ularga hech qanday tazyiq o‘tkazmaganligini bildirgan.

Shu kabi, maktab o‘qituvchilari ham o‘z tushuntirishlarida maktab hududida bunda salbiy holat umuman bo‘lmaganligini bayon qilishgan.

Shuningdek, holat yuzasidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan pedagog psixologlar ishtirokida suhbatlashilganda, ro‘za tutgan bolalarni hech kim maktab hovlisida yugurtirmaganligini bildirgan.

“O‘rganish davomida maktab direktori F.Jabborova tomonidan joriy yilning 6-may kuni ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktab hovlisida yugurtirganligi holati o‘z tasdig‘ini topmadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq ushbu holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ham o‘rganish o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют