» » Shavkat Mirziyoyevning Ramazon tabrigi, ro‘zador o‘quvchilarni yugurtirgan direktor, perinatal markazda polda yotgan homiladorlar va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Ramazon tabrigi, ro‘zador o‘quvchilarni yugurtirgan direktor, perinatal markazda polda yotgan homiladorlar va kunning boshqa xabarlari


7-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda butun xalqni muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi.

***

Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilganini prokuratura o‘rganmoqda.

6-may kuni Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.

***

Navoiy viloyatidagi perinatal markazda joy yetishmasligi sababli, ayollar polga yotqizilmoqda.

6-may kuni perinatal markaz bemorlaridan biri ma’lum qilishicha, yotish uchun kelgan ayollar juda ko‘p bo‘lganligidan joy yetishmay qolganligi sababli, ular markaz yo‘laklariga to‘shalgan matraslarga yotqizilmoqda.

***

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘qishga kirish tartibi o‘zgardi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda IIV litseylariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar hududlardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tadi.

***

Diversity Visa Programm 2020 (Green Card) lotereyasi natijalari bugun, 7-may soat 21:00 dan boshlab e‘lon qilina boshlaydi.

Ariza holatini lotereya dasturining rasmiy sayti —dvlottery.state.gov da tekshirish mumkin.

Natijalarni tekshirish uchun saytda shaxsiy ma’lumotlar va tasdiq raqamini (uni 2020-yilning 30-sentabrigacha saqlash lozim) kiritish kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют