» » Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilganini prokuratura o‘rganmoqda

Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilganini prokuratura o‘rganmoqda


6-may kuni Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi, deb yozadi “Minbar.uz”.

“Bugun Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darslar tugab, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uyiga qaytayotgan vaqtda darvoza oldiga kelib olib, ‘Qani kim ro‘za tutgan?’ – deb so‘rabdi. Qo‘l ko‘tarib, ‘Hozir maqtov eshitaman’ degan bolakaylarni oftobning tig‘ida maktab hovlisida yugurtirganini aytishayapti”, – deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Bosh prokuratura matbuot xizmati nashrga ma’lum qilishicha, ayni paytda bu hodisani prokuratura organlari o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют