» » Toshkentda oltinchi sinf o‘quvchisi Anhor kanaliga cho‘kib ketdi

Toshkentda oltinchi sinf o‘quvchisi Anhor kanaliga cho‘kib ketdi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan 91-maktab o‘quvchisi suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

2-may kuni darsdan so‘ng soat taxminan 16:30 larda  Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 66/4-uy qarshisida  oqib o‘tuvchi anhor  oldiga shu maktabning  6-sinf o‘quvchilari B.I, X.X va B.G‘lar birgalikda kelib, ulardan B.G‘ va B.I cho‘milmoqchi bo‘lib kiyimlarini yechib, suvga tushgan va B.G‘ tezda qirg‘oqga qaytib chiqgan, lekin B.I suvdan chiqa olmasdan cho‘kib ketgan.

Ushbu holatni anhor ro‘parasida Chilonzor tumani hududida joylashgan “Loyihalarni ekspertiza qilish markazi” binosi derazasidan ko‘rib qolgan fuqaro R.S zudlik bilan voqea joyiga chiqib kelgan va bu vaqtda B.I suvga cho‘kib ketganligini ko‘rib, zudlik bilan FVV qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют