» » Toshkentda 5-sinf o‘quvchisi do‘stini qutqarib, o‘zi cho‘kib ketdi

Toshkentda 5-sinf o‘quvchisi do‘stini qutqarib, o‘zi cho‘kib ketdi


Toshkentda 134-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Abdulloh kanalga tushib ketgan sinfdoshi Shohjahonni qutqaraman deb o‘zi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

2018-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar (134-maktab 5-sinf o‘quvchilari) Abdulloh va Shohjahon har kungidek sayrga chiqqan  edilar. Ikki do‘st yo‘l yo‘lakay bir-biri bilan hazillashib, quvalashib kelishar edi. Olmazor tumani Qoraqamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanal yoniga kelganlarida Shohjahonning  bolalik sho‘xligi tutib ketdi. U ko‘prik yonidan o‘tgan suv quvuridan  yugurib o‘tmoqchi bo‘ldi. Shohjahon biroz yurdi, biroq oyog‘i sirpanib suvga tushib ketdi. Juda tez sodir bo‘lgan voqeadan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan jasur Abdulloh insonparvarlik, mardlik g‘ururi jo‘shib ketib, do‘stining hayotini saqlab qolish hissi paydo bo‘ldi. Abdulloh bir necha yildan buyon suzish to‘garagida shug‘ullangani qo‘l keldi, deyiladi xabarda.

Zudlik bilan ustki va oyoq kiyimlarini yechib, o‘zini do‘stining ortidan suvga otdi, chaqqonlik bilan suzib borib, do‘stiga yetib oldi. Abdulloh do‘sti Shohjahonni qirg‘oq tomonga itarib qutqarib qoldi. Lekin o‘zi suvga cho‘kib ketdi.

Do‘stini qutqarishga harakat qilib, o‘zi cho‘kib ketgan Abdulloh Ro‘ziboyev Olmazor tumanidagi 134-maktabda ta'lim olgan. U  sinfda a’lochi, namunali xulqi bilan boshqalardan ajralib turgan. Uning jasorati barcha yoshlarga o‘rnak namunadir, deyiladi xabarda. Abdulloh yaqin qarindoshlari tomonidan 24-yanvar kuni dafn qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют