» » Olmazorda 9-sinf o‘quvchisi 46 yoshli ayolni o‘ldirdi. Nega bunday qilgani — hozircha noma’lum

Olmazorda 9-sinf o‘quvchisi 46 yoshli ayolni o‘ldirdi. Nega bunday qilgani — hozircha noma’lum


6-mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida noma’lum shaxs Forobiy 17-berk ko‘chasida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan ayolning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga o‘tkir tig‘li jism bilan urib, jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Natijada jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan qo‘shni ayolning uyiga yordam so‘rab chiqib, shu yerda joni uzilgan. “Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu qotillik jinoyatini Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

“Hozirda mazkur mudhish jinoyatning sabablarini aniqlash yuzasidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.

Vazirlik axborotida ayol qayerda, qanday kasb bilan shug‘ullanganiga, 9-sinf o‘quvchisi aynan qaysi ta’lim muassasasida ta’lim olishiga aniqlik kiritilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют