» » Foto: Navoiy viloyatidagi perinatal markazda joy yetishmasligi sababli, ayollar polga yotqizilmoqda

Foto: Navoiy viloyatidagi perinatal markazda joy yetishmasligi sababli, ayollar polga yotqizilmoqda


Navoiy viloyatidagi perinatal markazda joy yetishmasligi sababli homilador va yangi tuqqan ayollar yerga (polga) yotqizilmoqda, deb yozadi Repost mushtariylaridan biriga tayanib.

6-may kuni perinatal markaz bemorlaridan biri nashrga ma’lum qilishicha, yotish uchun kelgan ayollar juda ko‘p bo‘lganligidan joy yetishmay qolganligi sababli, ular markaz yo‘laklariga to‘shalgan matraslarga yotqizilmoqda.

“Palatkalarga o‘rtacha 3—4 kishi sig‘adi. Joy yetmaganligi tufayli, menga koyka berishdi. Men palatada beshinchi odam bo‘ldim. Boshqa palatalarda odam ko‘proq edi. Kelayotgan ayollar juda ko‘p. Shahar tug‘uruqxonasi ta’mirlanyapti. Shu sababli hamma bu yerga kelyapti. Bu yerda juda zamonaviy markaz qurishgan, shifokorlari ham yaxshi. Ammo bu yerga butun viloyatdan ayollar keladi, chunki ular o‘zlaridagi tug‘uruqxonalarda emas, yaxshi sharoitga ega joyda tug‘ishni xohlaydi”, — dedi ayol.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют