» » Toshkentda “GAZ Sobol” rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda “GAZ Sobol” rusumli yuk mashinasi yonib ketdi


10-sentabr kuni soat 00:35 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani “O‘rda” mahallasi Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich ustida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.U.ga tegishli bo‘lgan “GAZ Sobol” rusumli shaxsiy yuk avtomobilida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 00:37 da yetib borgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in zudlikda bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida “GAZ Sobol” rusumli yuk avtomobilining motor va salon qismi yonib zararlangan.

“Yong‘inning taxminiy sababi motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют