» » Fransiya kompaniyasi Samarqandda fotoelektrostansiya qurish uchun 150 mln yevro investitsiya kiritadi

Fransiya kompaniyasi Samarqandda fotoelektrostansiya qurish uchun 150 mln yevro investitsiya kiritadi


Fransiyaning Total Eren kompaniyasi Samarqand viloyatida davlat-sherikchilik asosida umumiy quvvati 100 megavattli fotoelektrostansiya qurish uchun 150 million yevro investitsiya kiritadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

13-sentabr, juma kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan Sardor Umrzoqov va Fransiyaning Total Eren kompaniyasi nomidan kompaniya ijrochi vitse-prezidenti Fabiyen Demol o‘rtasida Samarqand viloyatida davlat-sherikchilik asosida umumiy quvvati 100 megavattli fotoelektrostansiya qurish to‘g‘risida investitsion kelishuv imzolandi.

Total Eren loyihaning butun muddati — 25 yil davomida elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi. Qurilish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlanib, 2021-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya qayta tiklanadigan energiya sohasidagi dunyoda yetakchi bo‘lgan kompaniyalardan biridir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2018-yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Xitoy kompaniyasi tenderda g‘olib chiqqan quvvati 100 megavattli quyosh stansiyasi qurilishini to‘xtatgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют