» » SkyPower birinchi quyosh fotoelektr stansiyasini Samarqand viloyatida quradi

SkyPower birinchi quyosh fotoelektr stansiyasini Samarqand viloyatida quradi


Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi birinchi quyosh fotoelektr stansiyasini Samarqand viloyatida quradi, deb yozadi Spot “2018—2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga tayanib.

Avvalroq SkyPower Global kompaniyasi umumiy qiymati 1,3 mlrd dollarga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha obyektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishi haqida xabar berilgan edi.

Sinov loyihasini Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida amalga oshirishga qaror qilindi. Muddat — 2019—2020-yillar. Loyihaning e’lon qilingan qiymati — 130 million dollar, shundan 2019-yilda 5 millionni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют