» » Samarqandda geliostansiya qurilishi to‘xtatildi

Samarqandda geliostansiya qurilishi to‘xtatildi


Samarqandda quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekenergo” kompaniyasining strategik rivojlanish boshqarmasi rahbari Iso Sa’dullayev bergan ma’lumotga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Qurilishning texnik va moliyaviy jihatlari bilan bog‘liq hujjatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, loyiha qayta ko‘rib chiqilishi kerak, — deya Iso Sa’dullayev 26-iyun, dushanba kuni Toshkentda elektr energetikasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

Samarqandda Markaziy Osiyodagi birinchi fotoelektr stansiyaning qurilishi haqida 2014-yili e’lon qilingan. 2016-yili Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi  fotoelektr stansiyani qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan. 275,8 million dollarlik loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot bankining 110 million dollar miqdoridagi krediti, shuningdek, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi hamda “O‘zbekenergo” AJ mablag‘i hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Ayni kunlarda “O‘zbekenergo” elektr energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga xususiy sektorni jalb qilish ustida ish olib bormoqda. Shu maqsadda Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi bilan quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun 1,3 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Fotoelektr stansiyani yaqin 4 yil ichida qurib bitirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют