» » “O‘zqurilishmateriallari” Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yettita shartnoma imzolaydi

“O‘zqurilishmateriallari” Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yettita shartnoma imzolaydi


O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga 22–25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan davlat tashrifi doirasida “O‘zqurilishmateriallari” AJ koreys hamkorlari bilan birga qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy loyihalarni amalga oshirish uchun jami 416,2 million dollar qiymatga ega yettita bitim imzolanmoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bo‘yicha matbuot markazi ma’lum qildi.

Quyidagi kelishuvlar doirasida hamkorlik olib borilishi rejalashtirilmoqda:

- Evergreen Holdings bilan Qoraqalpog‘istonda sement ishlab chiqarish zavodini qurish uchun 1-bosqichni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv — 60 million dollar (loyihaning umumiy qiymati — 300 million dollar);

- SY Panel Group bilan boshlang‘ich panellar va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv — 50 million dollar;

- HAEAHN kompaniyasi bilan aholi turar joylari qurish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish kelishuvi. Loyiha qiymati — 50 million dollar;

- Evergreen Holdings bilan Navoiy, Samarqand va Namangan viloyatlarida tabiiy toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv — 10 million dollar (loyihaning umumiy qiymati — 120 million dollar);

- Nurichem kompaniyasi bilan qurilish uchun mo‘ljallangan germetik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv — 2 million dollar;

- OJOO Tech kompaniyasi bilan MDF va DSP ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv — 1,5 million dollar (loyihaning umumiy qiymati — 4 million dollar);

- KICT (Koreya fuqarolik qurilishi va qurilish texnologiyalari instituti) bilan qurilish materiallarini tadqiq etish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zbek-koreys markazini tashkil etish — 150 ming dollar.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют