» » Fransiya kompaniyasi Samarqandda quyosh elektr stansiyasini quradi

Fransiya kompaniyasi Samarqandda quyosh elektr stansiyasini quradi


Fransiyaning Total EREN kompaniyasi va O‘zbekenergo Samarqand viloyatida fotoelektrostansiya qurish bo‘yicha loyihani birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“Kompaniyamiz dunyoning ko‘plab nuqtalarida, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishida loyihalarni amalga oshiradi. O‘zbekistonlik sheriklar bilan qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyati tug‘ilayotganidan mamnunmiz. Quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvimiz tomonlar uchun birinchisi, biroq uni ro‘yobga chiqarishga to‘liq tayyormiz. O‘zbekistonda shamol va quyosh energetikasini rivojlantirish uchun juda katta salohiyat mavjud”, — dedi kompaniya ijrochi vitse-prezidenti Fabiyen Demol.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston joriy yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Xitoy kompaniyasi tenderda g‘olib chiqqan quvvati 100 megavattli quyosh stansiyasi qurilishini to‘xtatgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют