» » Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “ishonch telefonlari”ni ishga tushirdi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “ishonch telefonlari”ni ishga tushirdi


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi har kuni soat 6:00 dan 22:00 gacha fuqarolarning murojaat va shikoyatlarini qabul qiluvchi “ishonch telefonlari”ni ishga tushirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda 71-236-26-66 hamda 71-207-11-07 raqamlari orqali noqonuniy kesilayotgan daraxtlar, maishiy chiqindilarning ruxsat etilmagan joyga tashlanayotgani, noqonuniy baliqchilik va ovchilik bilan shug‘ullanganlar, shuningdek, sanoat chiqindilari orqali atrof-muhitga zarar yetkazayotganlar haqida ma’lumot berish mumkin.

“Tezkor yordamga muhtoj aholi va jamoatchilik vakillari atrof-muhit to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining o‘z vaqtida oldini olish uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining inspeksiya organlari xodimlariga murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

Murojaatlar respublikaning barcha hududlaridan kunning har qanday vaqtida dam olish kunlarisiz qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 13:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют