» » Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexida yong‘in yuz berdi

Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexida yong‘in yuz berdi


14-sentabr kuni soat 08:57 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasi 3D-uyda joylashgan Doutsche Servis kompaniyasiga tegishli korxona hududida joylashgan tikuvchilik sexida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati axborotiga ko‘ra, voqea joyiga 8 ta asosiy va bitta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 09:03 da yetib borgan vaqtda ishlab chiqarish sexi ochiq alanga aralash quyuq tutun bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 09:25 da qurshab olinib, soat 09:33 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Doutsche Servis hudududida ijara asosida faoliyat yuritayotgan “Shams Osiyo Original” korxonasiga qarashli tikuv sexining 400 kvadrat metr maydonda tomi, ichki qismidagi ishlab chiqarish uskunalari va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan.

DYXXdan ma’lum qilishlaricha, yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli yong‘inning maydoni kengayib ketgan. Hodisa tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan ma’lum miqdorda tikuv uskunalari, tayyor va yarim tayyor trikotaj mahsulotlari saqlab qolingan.

Yong‘inni sababi ishlab chiqarish sexining shiftidan o‘tkazilgan elektr tizimida yuzaga kelgan avariya holatidan, deb gumon qilinmoqda. Yong‘in yetkazgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют