» » Toshkentda mobil haftalik doirasida metro bir kun bepul bo‘ladi, Lutfiy ko‘chasiga esa mashinalar kiritilmaydi

Toshkentda mobil haftalik doirasida metro bir kun bepul bo‘ladi, Lutfiy ko‘chasiga esa mashinalar kiritilmaydi


Toshkent ilk bor har yili 16—22-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan va 50 ga yaqin davlat ishtirokchisi bo‘lgan Yevropa mobillik haftaligining rasman qatnashchisiga aylanadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Haftalik davomida Toshkentda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va harakatlanishning turli usullarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, tashkilotchilar poytaxt aholisi va mehmonlarni ikki kampaniyada ishtirok etishga taklif qiladi.

Hozirda 39 kilometrga cho‘zilgan va 29 ta bekatga ega Toshkent metrosining kunlik yo‘lovchi oqimi atigi 200 ming kishini tashkil etmoqda. Bu boshqa poytaxtlarga solishtirganda juda past ko‘rsatkich.

Yerosti transportidan foydalanishni ommalashtirish maqsadida 19-sentyabr kuni Toshkent metrosida qatnov bepul bo‘ladi. Bekatlararo o‘tish joylari sozandalar va aktyorlarning chiqishlari uchun maydonga aylanadi.

22-sentabr kuni esa aholi va mehmonlarga avtomobillarini qoldirish va Uchtepa tumanining Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab piyoda yurish taklif qilinadi. Mazkur ko‘cha kun bo‘yi avtomobillar uchun yopiq bo‘ladi, ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

“Avtomobilsiz kun” aksiyasi “Seul” bog‘idagi bayram konserti bilan yakunlanadi. Shu kungi tadbirlar “Biz bilan yur!” shiori ostida o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют