» » Toshkentda shaharsozlik haqidagi ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi

Toshkentda shaharsozlik haqidagi ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi


Toshkent aholisi zamonaviy shaharsozlik tamoyillari, me’moriy meros va shahar madaniyati haqidagi bepul ma’ruzalar va muhokamalarda ishtirok etishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Iyul va avgust oylari davomida “Strelka” media, arxitektura va dizayn instituti (Rossiya) Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda zamonaviy shaharsozlik tamoyillari haqidagi bepul ma’ruzalar, muzokaralar va professional seminarlar seriyasini o‘tkazadi.

Toshkent aholisi obodonlashtirish shahar muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, shahar transport tizimini qay tarzda xavfsiz qilish mumkinligi, shahar festivallarini tashkil etish zarurati haqida bilib olishi mumkin.

5-iyul kuni Strelka Architects bosh direktori va arxitektori Darya Paramonova “Shaharga ijtimoiy makon nega kerak?” ma’ruzasi bilan chiqish qiladi. 6-iyul kuni antropolog Mixail Alekseyevskiy Toshkentda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini taqdim etadi.

Sankt-Peterburgni velosipedlashtirish bo‘yicha ekspert Darya Tabachnikova va “Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” direktori o‘rinbosari Artur Shaxbazyan qulay transport tizimini tashkil etish haqida so‘z yuritadi. KB Strelka loyihalari rahbarlari Alyona Jmurova va Yana Kozak dizayn-kod nima ekanligi va u shahar tashqi qiyofasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida hikoya qiladi.

Ma’ruza va vorkshoplarga kirish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tadbirlar Central Park (Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy bog‘) va “Ilhom” teatrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют