» » Rossiyaning “KB Strelka” kompaniyasi Toshkent ko‘chalari qiyofasini o‘zgartiradi

Rossiyaning “KB Strelka” kompaniyasi Toshkent ko‘chalari qiyofasini o‘zgartiradi


To‘rt-besh oy ichida Toshkentda ko‘chalar, jamoatchilik joylarini rekonstruksiya qilish va shahar dizayn-kodini yaratish bo‘yicha sinov loyihalari ishlab chiqiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

17-may kuni Toshkentga Rossiyaning strategik konsalting, shaharni rejalashtirish va loyihalar boshqaruvi xizmatlarini taqdim etuvchi “KB Strelka” kompaniyasining bir guruh me’morlari yetib keldi. Ular Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev va shahar idoralari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda “KB Strelka” Toshkentda yaqin oylar ichida shug‘ullanadigan loyihalar tafsilotlari muhokama qilindi.

“KB Strelka” ma’morlari namunali chorraha, piyodalar zonasi, yoritish, shahar mebeli, kiosk va jamoatchilik transporti bekatining dizayn loyihalarini ishlab chiqadi.

Ishchi guruh loyiha uchun Bobur, Nukus, Shahrisabz, Shota Rustaveli, Navoiy va Amir Temur ko‘chalarini ko‘rib chiqmoqda. Yakuniy qarorga kelinganicha yo‘q.

Ko‘chalar bilan ishlashdan tashqari, “KB Strelka” favvoralar, shahar dizayn-kodi bilan shug‘ullanadi va metro bekati yonida namunali maydonni rejalashtiradi. Loyiha “Toshkent sizni sevadi” degan shiorga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют