» » Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 16-may kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Delegatsiya a’zolari dastlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib, nodir kitoblar va qo‘lyozmalar bilan tanishdi. Mehmonlar kutubxonada yosh kitobxonlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, bu borada o‘zaro hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Ma’rifat markazida Chelyabinsk viloyati gubernatori va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Chelyabinsk va Toshkent o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqish va kelgusidagi rejalar xususida so‘z yuritildi.

Muzokarada ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va qurilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. B.Dubrovskiy Toshkent shahri ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib borayotgani, o‘zaro hamkorlikni qurilish materiallari yetkazib berish va Toshkent — Chelyabinsk aviareysini tashkil qilish hisobiga kengaytirish ikki tomon uchun ham manfaatli ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida imzolangan shartnomalarda ham bu borada kelishuvlar mavjud bo‘lib, Toshkent shahridagi bir qator bunyodkorlik ishlarida bu qo‘l kelayotgani qayd etildi.

Chelyabinsk viloyati delegatsiyasi shu kuni mamlakatning qator kompaniyalarida ham muzokaralar o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют