» » Chelyabinsk va Namangan viloyatlari sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Chelyabinsk va Namangan viloyatlari sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Sog‘liqni saqlash vaziri Sergey Kremlev va Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Solijon Mo‘minov hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Hujjat Namangan viloyati delegatsiyasining Chelyabinsk viloyatiga tashrifi doirasida imzolandi.

Tomonlar bitim doirasida sog‘liqni saqlash tizimidagi turli masalalar bo‘yicha tajriba almashishni mo‘ljallamoqda. Xususan, davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish va tibbiyot texnologiyalari hamda tibbiy xizmatlar boshqaruvi sohalariga erishilayotgan yangi yutuqlarni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, rejalardan biri seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari va ko‘rgazmalar o‘tkazish deb belgilangan.

Chelyabinsk viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Redin mazkur hamkorlik hududlar va davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash hamda yuqori darajadagi tajribalar bilan almashinish imkonini berishini ta’kidladi.

Solijon Mo‘minov esa, o‘z navbatida, o‘zaro aloqalar ikki hududning tibbiy muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlik olib borishga asos bo‘lishini qayd etdi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют