» » Hindiston farmatsevtika kompaniyasi Namanganda insulin ishlab chiqarishni yolga qoyadi

Hindiston farmatsevtika kompaniyasi Namanganda insulin ishlab chiqarishni yolga qoyadi


Namangan viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi boshligi Solijon Mominov boshchiligidagi tibbiyot, farmatsevtika va tadbirkorlik tuzilmalari vakillaridan iborat delegatsiya Hindistonda bolib qaytdi. Bu haqda Namnews.uz xabar bermoqda.

Delegatsiya azolari MJ Group kompaniyasining Puna va Taloja shaharlaridagi farmatsevtika zavodlari faoliyati bilan tanishdi.

Solijon Mominov va MJ Group rahbari Jashvantlal Shoh ortasida muzokaralar otkazildi va ozaro hamkorlik togrisida memorandum imzolandi.

Kamol med farm korxonasi rahbari Abdumannop Xolmirzayev MJ Group rahbariyati bilan yil oxiriga qadar inbal usulida insulin va boshqa preparatlarni ishlab chiqarish yolga qoyish boyicha memorandum imzoladi.

Hindiston tomoni farmatsevtika zavodi qurish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishini malum qildi.

Jaypee hospitals va Fortis Healthcare vakillari bilan Chust tumanida joylashgan tibbiy tashxis markaziga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetkazish haqida kelishib olindi.

Ifoda agro kimyo korxonasi va MJ Biofarm kompaniyasi ortasida osimliklarni turli kasalliklardan himoyalash vositalari kimyoviy dorilar ishlab chiqarish va kelgusidagi hamkorlik boyicha memorandum imzolandi.

Kimyoviy dorilar ishlab chiqarish boyicha dunyoning yetakchi yettitaligiga kirgan Biostadt Group tomonidan ham Ozbekistonga investitsiya kiritish istagi bildirildi.

Chennay tibbiyot bilim yurti vakillari bilan muzokaralar davomida oquv yurti mutaxassislarining Ozbekistonda turli murakkab operatsiyalarda ishtirok etishi, ozbekistonlik mutaxassislarning Chennayda malaka oshirishi haqida memorandum imzolandi.

Ozbekistondan tajriba almashish va malaka oshirish uchun keladigan mutaxassislar klinika hisobidan bepul oqitilishi kafolatlandi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (25-03-2017, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -