» » Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Sverdlovskka jo‘nab ketdi

Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Sverdlovskka jo‘nab ketdi


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.

Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bilan muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiya, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalardagi aloqalar istiqbollari muhokama qilinishi, ikki viloyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolanishi rejalashtirilgan.

Sverdlovsk viloyati hukumati saytiga ko‘ra, Namangan delegatsiyasining tashrifi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov va “O‘zpaxtasanoat” xolding kompaniyasi boshqaruv raisi Akmal Kamolov ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Viloyatda Namangan milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi.

Delegatsiya a’zolari Pervouralsk quvur zavodi, Ural kardiologiya instituti, Ural davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют