» » 17-may kuni O‘zbekistonda Janubiy Ural savdo uyining ochilishi bo‘lib o‘tadi

17-may kuni O‘zbekistonda Janubiy Ural savdo uyining ochilishi bo‘lib o‘tadi


Chelyabinsk viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonga metallurgiya va mashinasozlik mahsulotlari eksportini muhokama qilish uchun tashrif buyuradi, deb xabar berdi Spot.

15—19-may kunlari O‘zbekistonda Chelyabinsk viloyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Chelyabinsk gubernatori Boris Dubrovskiy va viloyatdagi 35 ta korxona vakillari potentsial hamkorlar bilan metallurgiya mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Tashrifdan maqsad—O‘zbekiston bilan Chelyabinsk viloyati o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish.

Delegatsiya Samarqand viloyati, Toshkent va Namanganga tashrif buyuradi.

Chelyabinsk viloyatidan metallurgiya va mashinasozlik mahsulotlarini O‘zbekistondagi mashinasozlik korxonalari ehtiyojlari uchun eksport qilish imkoniyatlari, avtomobilsozlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

17-may kuni Toshkentda ochiladigan biznes-forum doirasida Chelyabinsk viloyati va Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi taqdimotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonda Janubiy Ural savdo uyining ochilishi ham bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют