» » Toshkentliklarga obodonlashtirish g‘oyalari bilan bo‘lishish taklif etilmoqda

Toshkentliklarga obodonlashtirish g‘oyalari bilan bo‘lishish taklif etilmoqda


Toshkent aholisining poytaxtni obodonlashtirish haqidagi taklif va izohlarini to‘plash uchun “Toshkent seni sevadi” onlayn platformasi ishga tushdi. Takliflar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Bu haqda Strelka KB vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Toshkent shahri hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev fuqarolarni poytaxt qiyofasini o‘zgartirishda ishtirok etishga chaqirdi: “Sizlarni Toshkentdagi o‘zgarishlar hammuallifi bo‘lish va shaharda sizga aynan nima yetishmayotganligini so‘zlab berishga chaqiraman. Sizga qanday bog‘lar kerak va ularda nima bilan mashg‘ul bo‘lishni istardingiz? Transportni qanday bekatlarda kutishni istardingiz? Shahar ko‘chalari va prospektlari qanaqa bo‘lishi lozim? Avtomobillar to‘xtash joylari bilan qanday yo‘l tutish kerak? Siz bo‘lishing, Toshkent quloq tutadi”.

“Toshkent seni sevadi” platformasida istovchilar g‘oya taklif qilishi yoki xaritadagi biror aniq joy muammosi haqida so‘zlab berishi mumkin. Ma’qul kelgan takliflar uchun ovoz berish, izoh qoldirish va muhokamaga ko‘proq fuqarolarni jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish mumkin. Onlayn-muhokama offlayn-kraudsorsing bilan to‘ldiriladi: Strelka instituti toshkentliklar uchun tashkillashtiruvchi uchrashuvlar davomida shahar loyihalari va g‘oyalar to‘plash bo‘yicha muhokama davom ettiriladi.

Muhokamalarning faol bosqichi yakunlangandan so‘ng kraudsorsing platformasi shahar haqidagi bilimlar bazasi va loyihalar kutubxonasi sifatida ishlashda davom etadi.

Kraudsorsingning vazifasi — shahar muhitini rivojlantirish bo‘yicha samarali yechimlarni qabul qilish uchun fuqarolar g‘oyalari, taklif va tajribasini to‘plash. Bu vosita yordamida aholi shahar taraqqiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatish, muqobil takliflarini hayotga tatbiq etish va shaxsiy tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют