» » Habib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining navbatdagi jangi kimga qarshi o‘tishini ma’lum qildi.

“Fergyuson nima xohlayotgani hech kimga xavotirga solayotgani yo‘q. Jorj Sen-Pyer Habibning navbatdagi raqibi. Bu — mening bilganlarim. Aynan shunday bo‘lishini men ham xohlayman. Toni esa xohlganini ololmaydi. Aksincha, Habib xohlagan narsa ro‘y beradi. Agar u qo‘ng‘iroq qilib, Sen-Pyer bilan jang qilishni xohlashini aytsa, albatta, shunday bo‘ladi. Jorj — mening do‘stim. Bilishimcha, u ham 10 yildan beri Habib bilan jang qilishni xohlaydi. Bu barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi nomi uchun kechadigan jang bo‘ladi”, — deydi Ali Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toni Fergyuson Habibga qarshi jang uchun rasmiy da’vogar bo‘lib turibdi. Habib—Fergyuson jangi bir necha yillardan beri turli sabablar tufayli amalga oshmay kelmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют