» » O‘zbekistonda IIV bog‘chalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistonda IIV bog‘chalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi


Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ushbu qarorga asosan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi bolalar bog‘chalari istisno tariqasida IIV idoraviy mansubligida qoldirilgan holda Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Qarorga ko‘ra, ushbu bog‘chalarning ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va metodik boshqarish Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

IIV bolalar bog‘chalari rahbarlari Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

IIV bolalar bog‘chalari xodimlariga davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlari qo‘llaniladi.

2019-yil 1-oktabrdan:

IIV bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari umumiy o‘rinlari sonining 80 foizi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi;

20 foizi esa Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlariga muvofiq jamlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют