» » O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi xodimlariga pensiya to‘liq to‘lanadi

O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi xodimlariga pensiya to‘liq to‘lanadi


Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bu Prezidentning “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan:

Maktabgacha ta’lim tizimining pensiya yoshidagi xodimlariga, ularning maktabgacha ta’lim tizimi muassasalaridagi faoliyati asosiy ish joyi bo‘lgan taqdirda pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi;

Maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi litsenziyasini to‘xtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotning yo‘qligi asos bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim va Moliya vazirliklariga:

2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishi;

2019-yil 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishi;

2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlash topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют