» » Gollivudda aktyorlarning gonorari aktrisalarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi

Gollivudda aktyorlarning gonorari aktrisalarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi


Gollivudda erkak aktyorlarning maoshi ayol hamkasblariga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda. Xaddersfild, Viskonsin va Lankaster universitetlari tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi Meduza.

Tadqiqotchilar 1980-yildan 2005-yilgacha bo‘lgan davrda 1343 filmda suratga tushgan aktyorlarning maoshini o‘rgandi. Ularga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan maoshlardagi farq deyarli o‘zgarmagan.

O‘rganishlar filmlarda ishtirok etayotgan ayollarga erkaklarga nisbatan 56 foizga kam haq to‘lanishini ko‘rsatdi. Agar bunda aktyorlarning mashhurligi va maqomi, mukofotlarga egaligi, oldingi muvaffaqiyatli loyihalari kabi gonorarga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinsa, farq o‘rtacha 20 foizni tashkil etadi.

Ayollar taniqlilik darajasi bir xil bo‘lgan erkaklarga nisbatan film uchun 1,1 million dollar kam haq oladi.

Ma’lumot uchun, Forbes reytingida so‘nggi yillarda eng ko‘p haq to‘langan aktyor deb e’tirof etilgan Dueyn Jonson 89,4 million dollar ishlab topgan. Aktrisalar o‘rtasidagi shunday reytingni boshqargan Skarlett Yoxansson esa 56 million dollar bilan kifoyalandi. Bu yuqori haq to‘lanadigan aktyorlar beshligiga kirgan erkaklar topgan daromaddan past hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют