» » TIV huzuridagi “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi tashkil etildi

TIV huzuridagi “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi tashkil etildi


Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan “Dunyo” axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli materiallar, videoroliklar, teleko‘rsatuvlar, shuningdek, O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali O‘zbekistonning ishonchli va mas’uliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga ko‘maklashish mazkur axborot agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan agentlik tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

Agentlikka tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 5-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Unga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi negizida “Dunyo” axborot agentligi va Media-markaz tashkil etilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют