» » Andijonda tabiiy gazni o‘g‘rincha pullab kelgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda tabiiy gazni o‘g‘rincha pullab kelgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi


Majburiy ijro byuro xodimlarining izlanishlari natijasida Andijon shahrida energiya resurslarini o‘g‘irlab sotib kelayotgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Andijon shahridagi to‘rtta mahallaning 222 xonadoniga Andijon tuman hokimining 2013-yil 13-maydagi 25-F-sonli farmoyishiga asosan suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgan edi. Lekin “Uztransgaz” AJ “Andijongaz” hududiy gaz ta’minoti filiali Andijon shahar gaz 1-uchastkasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi J. To‘raxonov va boshqalar qalbaki hujjatlar rasmiylashtirgan holda 2018-yilning noyabr oyidan 2019-yilni 31-yanvar kuniga qadar 333 260 metr kub tabiiy gaz sotganligi aniqlangan. Bu qilmishi bilan ular jamiyatga 106 million 643 ming 074 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan MIBning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan J.To‘raxonov va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют