» » Lionel Messi haqoratli so‘zlari hakamga emas, balki ochiq havoga qaratilgani haqida aytdi

Lionel Messi haqoratli so‘zlari hakamga emas, balki ochiq havoga qaratilgani haqida aytdi


Argentina terma jamoasidan 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan hujumchi Lionel Messi vaziyatga izoh berdi.

Mening so‘zlarim hakam yordamchisiga emas, shunchaki havoga aytilgandi.

Lionel Messi, Argentina termasi a’zosi

Argentina va Chili termalari o‘yinida Messi jamoasiga g‘alaba keltirgan yagona golni urgandi. Keyinroq uning haqoratli so‘zlarini payqab qolgan FIFA 4 ta o‘yinlik jazoni lozim deb topdi. Qo‘shimchasiga Messi 9.350 yevro jarima ham to‘lab berishi kerak.

FIFAning qarori ko‘pchilikni xayron qoldirdi. Boisi Argentina — Chili uchrashuvini boshqargan hakamlar ham Messi ularni haqorat qilmagani haqida aytib o‘tgandi.

Messining yo‘qligi esa kelasi turdayoq Argentina terma jamoasi uchun qimmatga tushdi. Rossiya mundiali uchun kurash olib borayotgan jamoa Boliviyada imkoniyatni boy berdi — 0:2.

Karikatura ustasi Omar Momani esa buni ko‘rsatilgan rasmdagi kabi tasvirladi. FIFA prezidenti Janni Infantino Messini asir etgach, argentinalik qolgan futbolchilardan fayz ketgan. Boliviya safida gol urgan ikki futbolchi esa Argentina termasi ustozini boplab do‘pposlamoqda.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют