» » Kasaba uyushmasi qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchisi ishga tiklanishini talab qilmoqda

Kasaba uyushmasi qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchisi ishga tiklanishini talab qilmoqda


“Daryo”da qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchisi Ilhom Usmonovning murojaati asosida “Meni nohaq ishdan bo‘shatishdi”. Qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchisi rahbariyatini adolatsizlikda ayblamoqda” sarlavhali maqola chop etilgandi.

Mazkur maqolaga Qashqadaryo viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi munosabat bildirib, tez tibbiy yordam haydovchisi nohaq ishdan bo‘shatilganligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbariga bu haqda taqdimnoma kiritilganligini ma’lum qilmoqda.

Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Eson Rajabov imzolagan taqdimnomaga ko‘ra, maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbari xodimini ishdan bo‘shatishda quyidagi hujjatlarni keltirmasdan xatoga yo‘l qo‘ygan.

Xodimni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqning asoslantiruvchi qismida kasaba uyushma qo‘mitasining rozilik berish to‘g‘risidagi qarori yo‘q.

Xodimning izohli tushuntirish xati yoki tushuntirish xatini berishdan bosh tortganligi haqidagi dalolatnoma ham tuzilmagan.

Kasaba uyushma yuqoridagi asoslarga ko‘ra, haydovchi Ilhom Usmonov nohaq ishdan bo‘shatilgan va u o‘z o‘rniga tiklanishi kerak, degan fikrda.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Kasaba uyushma sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbariga kamchiliklarni bartaraf etib, bu haqda yozma ma’lumotnoma taqdim etishni so‘ragan.

Haydovchi Ilhom Usmonovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, u Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbariyatini sudga bergan. Sobiq haydovchi suddan ishga tiklash, ma’naviy zarar va ish haqini undirib berishni so‘ragan.

Aytilishicha, mazkur ish joriy yilning 18-sentabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudida ko‘rib chiqiladi.

“Daryo” sud natijasi xususida ham xabar beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют