» » O‘zbekistonda mehnat migrantlari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada jamlanadi

O‘zbekistonda mehnat migrantlari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada jamlanadi


Boshqa davlatlarda mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlar joriy yil 1-oktabridan yagona manbalar bazasida jamlanadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Tursunov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Mazkur ma’lumotlar umumlashgan Labor-migration dasturiy kompleksi “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga kiritiladi.

Migrantlar haqida ma’lumotlar to‘plash bilan hozirda IIV, TIV, Bandlik vazirligi, DXX va Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi shug‘ullanmoqda. Ma’lumotlar bir necha bazalarda to‘plangan va faqat xizmat doirasida foydalanish mumkin. Mehnat migrantlari statistikasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan tahlil shu paytgacha bo‘lmagan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining yillik o‘sishi 600-700 ming kishini tashkil etmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti bu miqdordagi ish o‘rinlarini ta’minlashni uddasidan chiqa olmaydi. Mehnat migratsiyasi esa vaziyatdan chiqish yo‘li bo‘lishi mumkin.

Baxtiyor Tursunovning qayd etishicha, 2,5 million o‘zbekistonlik yoki mamlakat aholisining 7 foizdan ortig‘i mehnat migrantlari hisoblanadi. Ulardan 2 milliondan ko‘prog‘i Rossiyada bo‘lib turibdi. Mehnat migrantlarining yillik pul o‘tkazmalari 5,1 milliard dollar yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizini tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют