» » Toshkentda Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi

Toshkentda Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi


2018-yil 5-aprelda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkentda Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi mehnet migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabariga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasiga mazkur idora rahbarining o‘rinbosari M.Ivankov rahbarlik qilmoqda. Majlislarda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati Nazorat, taftish va aholi bandligi, ijtimoiy himoya va davlat kafolatlari bo‘yicha loyihalar boshqarmasi boshlig‘i D.Fransev, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati yuridik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibasi O.Korchemkina va Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmatining Mehnat munosabatlari sohasida loyihalash faoliyati boshqarmasi boshlig‘i I.Zubkova ishtirok etdi.

Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida O‘zbekiston tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhiddinov, vazir o‘rinbosari Z.Umarov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i R.Ibragimov, Agentlik rahbarining o‘rinbosari B.Tursunov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan va aniqlangan muammolar va masalalar muhokama etildi va ularni hal etishning birgalikdagi yo‘llari hamda yechimlari ishlab chiqildi.

Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari shuningdek Samarqand shahridagi Mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markaziga tashrif buyuradi hamda shaharning e’tiborga loyiq yodgorliklarini ziyorat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют