» » Bahrom Ashrafxonov Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi

Bahrom Ashrafxonov Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi


Hukumatning 17-sentabrdagi qarori bilan Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilgan.

Bahrom Ashrafxonov (1968-yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (1993-yil). 1993—1994-yillarda Kentukki universiteti (AQSh)da tahsil olgan. Ashrafxonov 2007—2016-yillarda O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari — G‘aznachilik boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2005—2007-yillarda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2004—2005-yillarda moliya vaziri o‘rinbosari, 2002—2004-yillarda moliya vaziri o‘rinbosari — Davlat sug‘urta nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, 2000—2002-yillarda mazkur inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 1998—2000-yillarda UzAIG O‘zbekiston—AQSh sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 1994—1998-yillarda esa AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ashrafxonov 2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan. 2018-yil sentabridan 2019-yil fevraliga qadar “O‘zbekneftgaz” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan Ashrafxonov hozirga qadar O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalaridan biridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют