» » Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi


Yorqin Tursunov hukumat qaroriga asosan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Yorqin Tursunov Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Bunga qadar Pensiya jamg‘armasining ijrochi direktori lavozimini Dilshod Sultonov egallab kelayotgan edi.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to’lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta?minlash bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют