» » Kutib oling: Yangi Hyundai endi Toshkentda!

Kutib oling: Yangi Hyundai endi Toshkentda!


Avtomobil sotib olish – oqilona va puxta o‘ylab yondashish kerak bo‘lgan mas’uliyatli ish. Hyundai’ni brendning rasmiy distribyutoridan sotib olish – bu sizning orzungizni oson va samarali bajarishga imkon beradigan yechimdir.

Hyundai avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Toshkentda Koreya avtokonsernining modellar qatori kengaygani haqida xabar beradi. Siz dilerlik markazi shourumida yangi mashina hamda asl Hyundai ehtiyot qismlari va aksessuarlarini sotib olishingiz mumkin. Hyundai Auto Asia avtoparki butlangan turli xil  Elantra va Sonata yangi avtomobillari bilan to‘ldirdi. Malakali mutaxassislar sizga to‘g‘ri tanlov qilishda yordam beradi va sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beradi.

Yangilangan 2019-yilning Hyundai Elantra’si – chiroyli va baquvvat avtomobil. Uning tashqi ko‘rinishi va ichki jihozlanishiga ko‘ra, haqli ravishda kelajak avtomobili deb atash mumkin. Nafis kuzov chiziqlari va g‘ayrioddiy uchburchakli optikasi diqqatni jalb qiladi, innovatsion texnologiyalar esa barcha zarur jihozlar va funksiyalar bilan birgalikda nihoyatda qulaylik bilan birga xavfsizlikni ham kafolatlaydi.

Sedanning dadilligi va jasurligini kapotning aniq qirralari, geometrik arxitekturali old bamper va olti burchak shaklidagi ulkan radiator panjarasi bilan ifoda etiladi. Ichki qismi xchamlik, ergonomika va qulaylik tamoyillari asosida yaratilgan. Yuqori texnologiyali uslub ustunlik qiladi: katta multimedia ekrani bilan ishlash qulay, xrom elementlari esa interyerni yanada didli ko‘rsatadi. Hyundai o‘zi uchun alohida maqsad qo‘yadi – tejamkor va samarali yonilg‘i sarflaydigan avtomobillarni yaratib, dunyoda peshqadam bo‘lish. Ushbu motor bunga ajoyib misol. Gamma 1,6 litr 6300 ayl./daq.da 128 ot kuchini beradi.

Hyundai Auto Asia shourumida yangi Elantra 1,6 MPI 6 MT 128 ot kuchi va 2.0 MPI 6 MT 149.6 ot kuchi tavsiflariga ega benzinli dvigatellar bilan butlangan.

Hyundai Sonata 2019 – bu nafis ko‘rinish va yuqori texnologik funksional butlanishga ega bo‘lgan yuqori toifali oilaviy shahar sedanidir. Keng ergonomik salonga ega ishonchli avtomobil qulaylik va xavfsizlikni qadrlaydigan odamlarga mo‘ljallangan. Hyundai Auto Asia’da model LF 2.0 MPI Primary 6 AT va LF 2.0 Classic 6 AT kabi ikki xil butlanishda taqdim etilgan.

Hyundai avtomashinalarining bo‘lajak egalari xarid bosqichida avtoulovni tanlash bo‘yicha maslahatlardan foydalanishlari, shuningdek, zamonaviy diagnostika uskunalarida sifatli xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Bu sizga avtoulovdan foydalanish paytida har qanday ishni, shu jumladan, kafolatli va kafolatdan keyingi ta’mirlashni amalga oshirishga imkon beradi.

Avtomobil ixlosmandlari uchun xushxabar!

Endi jismoniy va yuridik shaxslar Hyundai avtomobilini 10 foizli oldindan to‘lov bilan lizingga sotib olishlari mumkin. Kompaniya, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Hyundai Auto Asia sahifalarida kuzatish mumkin bo‘lgan aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va boshqa tadbirlar bilan mijozlarni xursand qilishga tayyorligini bildiradi.

Hyundai dunyosiga qo‘shiling!

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 77 A

Mo‘ljal: Uchqahramon aylanasi

Telefon: +(998) 71?225?89?89.

Sayt: hyundai-auto.uz

Facebook

Instagram

Telegram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют