» » Toshkentda Hyundai Auto Asia dilerlik markazining ochilishi

Toshkentda Hyundai Auto Asia dilerlik markazining ochilishi


Toshkent shahrida Hyundai Auto Asia avtomarkazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. GDSI (Global Dealership Space Identity) dilerlik markazi Hyundai brendining yangi standarti bo‘yicha qurildi va “3S” (Sales, Service, Spare parts) tamoyili bo‘yicha ishlaydi.

Yangi markaz Hyundai brendining mohiyatini to‘liq ifodalaydi: zamonaviy va yorqin interyer qulay muhitni ta’minlasa, xizmatlarning xilma-xilligi va sifati mijozlarda ajoyib taassurot qoldiradi.

Dilerlik markazining shourumida yangi avtomobillar, original qo‘shimcha qismlar va Hyundai aksessuarlari sotiladi. Shu bilan birga, servis hududida avtomobillarga zamonaviy diagnostik uskunalar yordamida xizmat ko‘rsatiladi. Bunday xizmatlar tarkibiga kafolatli va kafolat muddati o‘tgandan keyingi xizmatlar ham kiradi.

Xaridorlar uchun avval O‘zbekiston avtomobil savdosida qo‘llanilmagan test-drayv (sinov tarzida haydab ko‘rish) xizmati taqdim etiladi. Test-drayv haydovchiga avtomobil bilan tanishish, uning texnik parametrlarini o‘rganish, qiymatini baholash va avtomashinani shahar sharoitida to‘liq sinab ko‘rish imkonini beradi.

Hyundai Auto Asia mijozlariga Hyundai Motor Company tizimi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarda qatnashgan hamda xorijiy korxonalarda Hyundai modellarini sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha trening-markazining qayta tayyorlov kurslarida mashg‘ulot o‘tagan yuqori malakali xodimlar xizmat ko‘rsatadilar.

Hyundai Auto Asia direktori Vyacheslav Filimonov o‘zbekistonliklar ushbu avtomobil brendining ishonchliligi, mavjudligi va sifatini albatta qadrlaydi, deya ishonch bilan ta’kidladi.

Hozirgi kunda “Hyundai Auto Asia” MChJ qo‘shma korxonasi distribyutori O‘zbekiston bozoriga 2 xil model taqdim qilmoqda: Creta krossoveri – dvigatel sig‘imi 1,6 l. va 2 l., hamda Accent sedani — dvigatel sig‘imi 1,4 l. va 1,6 l. Kompaniya kelgusida modellar turini kengaytirishni rejalashtirgan. Mashinalarga 3 yillik yoki 100 000 km.lik kafolat berilmoqda.

Telefon: (71) 225 89 89

Sayt: Hyundai-auto.uz

Hyundai Auto Asia Facebook

Hyundai Auto Asia  Instagram: @Hyundai.uz

Hyundai Auto Asia Telegram: @Hyundai_uzbekistan

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur prospekti 77A.

Matbuot xizmati uchun:

Marketing bo‘limi (Olesya Savkina)

+998 90 370 37 68

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют